Joriy yilning 30- iyun kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi “Yangi zomin” MFY xodimlari hamda tuman statistika bo‘limi mutaxassislari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli qarori mazmun-mohiyati, aholini ro‘yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro‘yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunchalar berildi. Davra suhbatida “Yangi zomin” MFY xodimlari o‘zini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.
Matbuot xizmati