14/06/2021

 

Joriy yilning 14- iyun kuni Shahrisabz tumani statistika bo‘limi xodimlari va tumandagi Polmon MFY xodimlari ishtirokida “Aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda, Shahrisabz tumani statistika bo‘limi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirilari to‘g‘risida”gi 710- son qarori ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Seminarda aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha so‘z yuritildi. Mutaxassislar aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishdi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech