14/06/2021

 

Joriy yilning 14- iyun kuni G‘uzor tumani statistika bo‘limi xodimlari  va Paxtazor MFY xodimlari ishtirokida Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirilari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining ijrosi bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish, bu jarayonda foydalanish uchun zarur bo‘ladigan kartografik materiallarning tayyorlanish holatini o‘rganish kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohaza bildirildi.

 Tadbir davomida tumandagi mavjud barcha MFY xaritalari hamda qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, tayyorlanadigan xaritalarda mavjud mahalla fuqarolar yig‘inlari va qishloq aholi punktlarining chegarasini aniq ko‘rsatish, ularning chizma rejalarini qog‘oz va elektron shaklda tayyorlash, ko‘cha nomlari, ko‘p qavatli uylar va hovlilar, turar, noturar joylar maxsus belgilar bilan ajratish kerakligi ta’kidlandi.

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech