Oʻzbekiston Respublikasida narx indekslarini shakllantirish metodologiyasiga kiritilgan oʻzgartirishlar ijrosini taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida oʻquv seminari tashkil etildi.
Unda viloyat shahar va tumanlarida faoliyat olib borayotgan narx statistikasi kuzatuvchilarining masʼul xodimlari ishtirok etdi. Seminar davomida isteʼmol narxlari indeksini (INI) shakllantirish tartibi hamda 5 ta narx boʻyicha oʻrtacha kuzatuvlarni oʻtkazish mexanizmi yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, kuzatuv jarayonlarini amalga oshirishda maʼlumotlarning aniqligi, xolisligi va ishonchliligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Mazkur oʻquv seminari yangilangan metodologiyani amaliyotga samarali joriy etish, narx statistikasi kuzatuvlarining sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.





