Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatimizda 2025- yilning 1- iyul holatiga jami 24 837 ta tijorat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Tijorat korxonalarining tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha eng ko‘p qismi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelib, ularning soni 15 316 tani yoki jamiga nisbatan 61,7 % ni tashkil etdi.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tijorat korxonalarining soni quyidagicha:
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 15 316 ta
xususiy korxonalar – 6 056 ta
oilaviy korxonalar – 3 111 ta
aksiyadorlik jamiyatlari – 34 ta
boshqalar – 320 ta