28/07/2025

2025- yilning 1-iyul holatiga Qashqadaryo viloyatining doimiy aholisi soni 3 673,7 ming kishini tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga koʻpaygan.

2025- yil yanvar-iyun oylarida tugʻilganlar soni 45,1 ming nafarni, vafot etganlar 7,3 ming nafarni tashkil etib, tabiiy oʻsish 37,8 ming kishiga teng boʻldi.

Viloyatimizga xorijiy davlatlardan koʻchib kelganlar soni 2 kishini va viloyatdan xorijga koʻchib ketganlar soni 8 kishini, qayd etilgan nikohlar 9,6 mingtani, nikohdan ajralishlar 1,7 mingtani tashkil etgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech