05/06/2025

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatimizda 2025-yilning 1-may holatiga jami 23 726 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritmoqda.

 

Yil boshidan ularning soni 1 121 taga oshgan.

Shuningdek, bu ko‘rsatkich tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda eng yuqori ulushi savdo sohasiga (38,5 %) to‘g‘ri kelmoqda.

 

Ularning soni quyidagicha:

savdo sohasida — 9 141 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida — 4 122 ta

sanoat sohasida — 2 818 ta

qurilish sohasida — 1 942 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida — 1 587 ta

tashish va saqlash sohasida — 741 ta

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida — 641 ta

axborot va aloqa sohasida — 362 ta

boshqa sohalarda — 2 372 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech