04/06/2025

Joriy yilning 4-iyun kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bosh yurskonsulti M. Sharipov tomonidan Qarshi shahridagi “Shayx-ali” MFY hodimlari va tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan huquqiy-targ‘ibot tadbiri tashtil etildi.

Seminarda bosh yurskonsulti M. Sharipov  so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi, “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi va “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  2025- yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni va PQ-75-sonli Qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda qo‘llanilishini xodimlarga va shu hududdagi tadbirkorlarga tushuntirilib, batafsil ma’ruza qildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech