25/03/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar oyida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 2 499,1 mlrd so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,9 %ini tashkil etdi. 2024-yil yanvar oyiga nisbatan o‘sish sur’ati 116,0 % darajasida qayd etildi.

Ta’lim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy ta’lim sohasidagi xizmatlar ustunlik qilib, ulushi 48,3 %ni tashkil etdi.

Yillar bo‘yicha ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi:

2021-yil – 648,8 mlrd so‘m;

2022-yil – 986,3 mlrd so‘m;

2023-yil – 1 125,5 mlrd so‘m;

2024-yil – 1 842,3 mlrd so‘m;

2025-yil – 2 499,1 mlrd so‘m.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech