10/02/2025

Joriy yilning 10-fevral kuni Statistika agentligi tomonidan 2024-yil yakunlari boʻyicha yillik “1 kb”, “1 fx” va ”1 mehnat” statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlariga hisobotlarini topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

1_-10_02_257j1a8790bnbnmb_p35948

2_-10_02_257j1a8799nmn_p63323

Ushbu on-line muloqotlarda “1 kb”, “1 fx” va “1 mehnat” yillik statistika hisobotlarining har bir boʻlimi, ulardagi koʻrsatkichlar boʻyicha batafsil tushuntirilib, hisobot topshiruvchilarning savollariga atroflicha javob berildi.

4_-10_02_257j1a8793vbnvbn_p49841

On-line muloqotlar 2025-yilning 10-mart kuniga qadar haftaning dushanba va juma kunlari soat 10:00 dan 11:30 ga qadar doimiy tarzda tashkil etiladi.

3_-10_02_257j1a8810nmnmn_p64914

Eslatib oʻtamiz, 1 kb shakli va 1 fx shakli statistika hisobotlarini taqdim etish muddati 2025-yilning 10-mart sanasida yakunlanadi.

5

“On-line” muloqotlarda faol ishtirok eting!

Tugmani bosing Tinglash GSpeech