Joriy yilning 10- yanvar kuni Statistika agentligi, Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat koʻrsatish boshqarmasi hamda hududiy boʻlinmalari oʻrtasida onlayn vebinar tashkil etildi. Ushbu vebinarda Statistika agentligi, Davlat xizmatlari markazi va Soliq qoʻmitasi oʻrtasida korxona va tashkilotlarning faoliyatida vujudga keladigan tafovutlarni bartaraf etish boʻyicha muhim masalalar muhokama qilindi.
O‘zaro hamkorlik va tajriba almashish asosida tashkil etilgan ushbu vebinar davomida, korxona va tashkilotlarning faoliyati bo‘yicha yuzaga keladigan tafovutlarni aniqlash va ularga qarshi samarali choralar ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.