18-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Serbiya Respublikasi Statistika boshqarmasi oʻrtasida videokonferensaloqa shaklida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Serbiya Statistika boshqarmasi direktor yordamchisi, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Mira Nikich, Xalqaro hamkorlik bo‘limi vakili Nikola Orlik, Sun’iy intellekt va veb-texnologiyalar bo‘limi boshlig‘i Marko Gruyichich, direktor yordamchisi, Rivojlanish departamenti vakili Nevena Mitrovich, Dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazasini integratsiyalash tizimi rahbari Aleksandra Skoko Despenik, direktor yordamchisi, Ma’lumotlarni tarqatish va ma’muriy resurslarni integratsiya qilish bo‘limi vakili Olya Muzik, Veb-ma’lumotlar bo‘yicha mutaxassis Nikola Kapetanovichlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan esa Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Noipov, Axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi Shahboz Janadilov, Demografiya, mehnat va gender statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Zoyir Yuldashev, Raqamli texnologiyalar va interaktiv xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi Shohruh Odilovlar qatnashishdi.
Eslatib o‘tamiz, Serbiya Respublikasi Statistika boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik 2020-yil 4-mart kuni Nyu-York shahrida imzolangan statistik sohada o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum asosida amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari, jumladan, CAPI texnologiyasi orqali statistik ma’lumotlarni yigʻish, raqamli texnologiyalarni rasmiy statistika ehtiyojlariga tatbiq etish va ma’lumotlarni integratsiya qilish tajribalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va raqamli texnologiyalarni qo‘llash masalalari bo‘yicha istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.