17/12/2024

 2024- yiling 17-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S. Kaxxorov hamda Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘lim boshlig‘i N. Berdiqulov tomonidan investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi 4-invest (asosiy) shakli statistika hisobotini taqdim etish tartibi boʻyicha seminar tashkil etildi.

 

 Tadbirda 4-invest (asosiy) shakli statistika hisobotini topshuruvchi respondentlar hamda tuman shahar statistika bo‘lim xodimlari masofaviy videoaloqa orqali ishtirok etdi.

 

 Muloqot davomida hisobotni E-stat 4.0 avtomatlashtirilgan elektron tizimi orqali kamchiliklarsiz sifatli topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech