Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida joriy yilning 3- dekabr kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabalariga Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu davra suhbatida Qashqadaryo viloyat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosаri S. Kaxxorov hamda Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi bosh mutaxassisi S. Xurramov, institut oʻqituvchi va talabalari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida dastlab, viloyat Statistika boshqarmasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi bosh mutaxassisi S. Xurramov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5655- sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi OʻRQ-611-sonli “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisi”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- martdagi OʻRQ-114 sonli Qarorining, mazmun-mohiyati hamda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish ishlarida targʻibot ishlarini olib borish ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligini taʼkidladi.
Shuningdek, aholini roʻyxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik taʻminoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlari, xorijiy davlatlar tajribalari va shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar toʻg‘risida batafsil ma’lumotlarni berib oʻtdi.
Davra suhbati qizgʻin bahs va munozaralarga boy boʻldi. Davra suhbati yakunida talabalarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.