Joriy yilning 21-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi tomonidan tuman (shahar) statistika xodimlari uchun Ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.
Shuningdek, vebinarda Ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.