20/11/2024

Joriy yilning 20- noyabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirishda qoʻllaniladigan hisobot va kuzatuv shakllari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Shuningdek, mas’ullarga tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi.

Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Vebinar yakunida savdo kuzatuvlarini oʻz vaqtida sifatli oʻtkazish boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech