Joriy yilning 19-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘lim mutaxassislari tomonidan Qarshi shahriga qarashli “Alisher Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi soni hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.