Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish vа ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining markaziy apparati xodimlari o‘rtasida “Shaxmat kunlari” doirasida shaxmat bo‘yicha musobaqasi bo‘lib o‘tgan edi.
O‘yin natijalariga ko‘ra, ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni Demografik koʻrsatkichlarni shakllantirish boʻlimi bosh mutaxassisi – Lola Karimova, 2-o‘rinni Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boshqarmasi boshlig‘i – Gulbaxor Salixova, 3-o‘rinni Tarmoq boshqaruvi va texnik rivojlantirish boʻlimi yangi texnika va texnologiya boʻyicha yetakchi muhandisi – Nodira Tashpulatova qo‘lga kiritishdi.
Erkaklar o‘rtasida 1-o‘rinni Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Olimjon Sidikov, 2-o‘rinni Xo‘jalik ishlari bo‘limi boshlig‘i – Jur’at Mirsaidov, 3-o‘rinni Energetika statistikasi sho‘basi mudiri – Zayniddin Egamshukurov qo‘lga kiritishdi.
Mazkur musobaqaning g‘olib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.