Joriy yilning 18- noyabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi Narx statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari uchun narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va statistik kuzatuvlarni o‘tkazish yuzasidan vebinar tashkil etildi.
Shuningdek, vebinarda xodimlarga narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyati batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Vebinar yakunida registratorlarga narx kuzatuvlarini oʻz vaqtida sifatli oʻtkazish boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.