Joriy yilning 22-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika xodimlari uchun demografiya, mehnat va gender statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.
Shuningdek, vebinarda demografiya, mehnat va gender statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.