Joriy yilning 7- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Oʻzbekistonda statistika tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjon Muratovich boshchiligidagi Markaziy apparat xodimlari hamda Jahon banki ishchi guruhi aʼzolari Obert Pimxitzay, Ikuko Uochi, Stela Leuka va loyihani boshqarish guruhi asosiy mutaxassislari qatnashdi.
Missiyaning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyati samaradorligini oshirish, statistik maʼlumotlarni ishlab chiqarish jarayonlarini va tarqatish amaliyotini takomillashtirishdan iborat.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi PQ- 4796-sonli qaroriga muvofiq, Jahon banki ekspertlari koʻmagida ishlab chiqilgan «2020–2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi» tasdiqlangan edi.
Uchrashuvda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham koʻrib chiqildi. Muzokaralar yakunida tomonlar mazkur loyiha doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.