07/10/2024

2024- yilning yanvar-avgust oylarida 157,7 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Turkiyaga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 28,7 ming nafarga yoki 22,3 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Turkiyaga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:

dam olish – 122 637 nafar;

qarindoshlarni yoʻqlash – 29 934 nafar;

davolanish – 2 403 nafar;

oʻqish – 1 640 nafar;

xizmat yuzasidan – 1 094 nafar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech