25/09/2024

Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 21- fevraldagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 37-son Farmonining 27-bandiga asosan keng jamoatchilik vakillari va ekofaollarning ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli taʼsirini kamaytirish uchun Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

1_-25_09_20247j1a5556_p70324

Ushbu kun doirasida shaxsiy avtomobillarda harakatlanishni kamaytirish, aholi orasida jamoat transportidan va velosipeddan foydalanishning hamda piyoda yurishning afzalliklarini targʻib etishga qaratilgan koʻplab tadbirlar tashkil etiladi.

2_-25_09_2024xvdc7j1a5512_p83323

2a_-25_09_2024dfdd7j1a5515_p46883

Shu munosabat bilan, joriy yilning 25- sentabr kuni Toshkent shahrida “Avtomobilsiz kun” tadbiri oʻtkazilmoqda.

3_-25_09_20247j1a5524_p47052

4_-25_09_2024dd7j1a5559_p36172

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi jamoasi ham faol ishtirok etishdi.

5_-25_09_2024fd7j1a5568_p56336

“Avtomobilsiz kun” tadbirini oʻtkazishdan asosiy maqsad, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech