Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik oʻtmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, oʻziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xonatlas” festivalini oʻtkazish an’anaga aylandi.
Ushbu an’anani yanada kengroq targʻib etish maqsadida joriy yilning 10-sentabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi xotin-qizlari ham Xonatlas festivaliga munosib hissa qoʻshib, goʻzal milliy liboslar bilan kiyinishda milliylik va zamonaviylik uygʻunligini kreativ tarzda namoyon etishdi.