2024- yilning yanvar-iyul oylarida 123 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Turkiyaga ketgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 20,2 ming nafarga yoki 19,7 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-iyul oylarida Turkiyaga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:
dam olish – 95 140 nafar;
qarindoshlarni yoʻqlash – 23 888 nafar;
davolanish – 1 696 nafar;
oʻqish – 1 240 nafar;
xizmat yuzasidan – 1 009 nafar.