26/08/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, tashish va saqlash tarmogʻining Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 5,6 % ni tashkil etgan.

Tashish va saqlash tarmogʻining qoʻshilgan qiymati tarkibida eng koʻp ulushi avtomobil transportiga toʻgʻri kelib, 49,3 % ni tashkil etgan.

Mazkur tarmoq umumiy qoʻshilgan qiymatida quvur transportining ulushi 17 %, temir yoʻl transportining ulushi 10,2 %, yordamchi transport faoliyatining ulushi 15,3 %, havo transportining ulushi 8,2 % ni tashkil qilgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech