Respublikamizda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami 50 356 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:
savdo sohasida – 17 397 ta;
sanoat sohasida – 9 063 ta;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 5 660 ta;
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 4 128 ta;
qurilish sohasida – 2 356 ta;
axborot va aloqa sohasida – 1 905 ta;
tashish va saqlash sohasida – 1 559 ta;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 951 ta;
boshqa sohalarda – 7 337 ta.