Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar–iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 5 423,2 ming tonna sut yetishtirilgan.
Ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 2,6 % ga oʻsgan.
Sut yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (12,7 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Shu bilan birga, Qashqadaryo (10,9 %), Xorazm (10,5 %) va Fargʻona (9,6 %) viloyatlarida ham sut yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.