Oʻzbekistonda 2024-yil 1-iyul holatiga jami 387 138 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:
savdo sohasida – 147 980 ta;
sanoat sohasida – 61 315 ta;
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 32 428 ta;
qurilish sohasida – 29 553 ta;
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 27 569 ta;
tashish va saqlash sohasida – 16 211 ta;
axborot va aloqa sohasida – 9 565 ta;
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 9 337 ta;
boshqa sohalarda – 53 180 ta.