08/08/2024

Respublikamizda 2024-yil 1-iyul holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 13 880 ta korxonalar faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, shundan 4 221 tasi qoʻshma va 9 659 tasi xorijiy korxonalardir.

Sohalar kesimida esa ular quyidagicha:

savdo sohasida – 4 833 ta;

sanoat sohasida – 3 091 ta;

qurilish sohasida – 985 ta;

axborot va aloqa sohasida – 954 ta;

yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 548 ta;

tashish va saqlash sohasida – 474 ta;

qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 385 ta;

sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 184 ta;

boshqa sohalarda – 2 426 ta.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech