26/07/2024

Respublikamizda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida 41 015 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan.

Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

savdo sohasida – 14 672 ta

sanoat sohasida – 7 842 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 4 548 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 3 480 ta

qurilish sohasida – 2 026 ta

axborot va aloqa sohasida – 1 630 ta

tashish va saqlash sohasida – 1 305 ta

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 781 ta

boshqa sohalarda – 4 731 tani tashkil etgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech