26/07/2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 114-son qarori ijrosini ta’minlash hamda aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, hududlarda tanlab olingan tumanning mahalla xaritalari yordamida tumanning tashkiliy rejasini tuzish ishlari amalga oshirilmoqda.

Tuman tashkiliy rejasini tuzish jarayonida xaritada aks ettirilgan aholi soni hamda har bir ro‘yxatga oluvchi xodimga belgilangan o‘rtacha yuklamadan kelib chiqqan holda, mahalla xaritalarida hisob uchastkalari chegaralari chizilgan holda ajratilmoqda.

 Shuningdek, hisob uchastkalarini birlashtirish asosida instruktorlik uchastkalari va ro‘yxatga olish uchastkalari tashkil etilmoqda.

Bu aholini ro‘yxatga olishga jalb qilinadigan ro‘yxatga oluvchi xodimlar sonini aniqlash hamda roʻyxatga olish, instruktorlik uchastkalarni joylashtirish uchun binolar sonini aniqlash imkonini beradi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech