12/06/2024

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, tashish va saqlash tarmogʻining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 6,8 % ni tashkil etdi.

Tashish va saqlash tarmogʻining qoʻshilgan qiymati tarkibida eng koʻp ulushi avtomobil transportiga toʻgʻri keldi va 52,3 % ni tashkil etdi.

Mazkur tarmoq umumiy qoʻshilgan qiymatida quvur transportining ulushi 16,3 %, temir yoʻl transportining ulushi 10,0 %, yordamchi transport faoliyatining ulushi 14,0 %, havo transportining ulushi 7,4 % ni tashkil etdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech