Aholini roʻyxatga olish maʼlum bir sanada Oʻzbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, maʼlumot darajasi, uy-joy bilan taʼminlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil maʼlumot olishga yordam beradi.
Shuningdek, roʻyxatga olish – aholi jon boshiga makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq koʻrsatib beradi.
Natijalar hududlarni rivojlantirish, ayollar va bolalar salomatligini saqlash boʻyicha ishlarning manzilli amalga oshirilishi uchun ham axborot manbasi boʻlib xizmat qiladi.
Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish tadbirlarini oʻtkazish 2025-2026-yillarga moʻljallanyapti. Bu haqda 2024-yil 4-mart kuni Prezident tomonidan imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-sonli qarori bilan tasdiqlangan rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha yoʻl xaritasida Prezident huzuridagi Statistika agentligiga 2025−2026-yillarda aholini roʻyxatga olish ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasida axolini roʻyxatga olishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish ishlarini qoʻyidagi yoʻnalishlarda tizimli davom ettirish.
Jumladan:
- aholini roʻyxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flayer va bukletlar tayyorlash;
- 2021-yilda oʻtkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini roʻyxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirish;
- xalqaro tajriba va ekspertlar tavsiyalari asosida “Aholini roʻyxatga olish” axborot tizimini takomillashtirish;
- “STATA” amaliy dasturiy paketi litsenziyasini xarid qilish va unda roʻyxatga olish natijalarining chiquvchi jadvallari namunalarini shakllantirish;
- aholini roʻyxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqish vazifalarini amalga oshirish belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasida axolini roʻyxatga olishni oʻtkazish ishlarini amalga oshirish 2025−2026-yillarda
Axolini roʻyxatga olish natijalarini tayyorlash va eʼlon qilish ishlarini amalga oshirish 2026−2027-yillarda belgilangan.
Shuningdek, aholini roʻyxatga olishni xalqaro talablarga mos ravishda va sifatli oʻtkazilishini taʼminlash hamda aholini roʻyxatga olishning tashkiliy rejasini toʻgʻri tuzilishi aholi punktlari xaritalarining aniqligiga va hududlarda aholi yashaydigan turar joylarning raqamlanganligiga bevosita bogʻliq. Shu maqsadda, bugungi kunda viloyatimiz hududida mahalla va kadastr organlari bilan hamkorlikda, 2011-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-303-sonli “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablaridan kelib chiqqan holda, koʻchalarga berilgan nom belgilari hamda xonadonlarga berilgan raqam belgilarining oʻrnatilganligi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni joylarga chiqqan holda monitoringgi statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan doimiy yuritib borilmoqda.
Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, koʻchalar hamda xonadonlarning nomlari mavjud yoki mavjul emaslik holatlari urganishdan maqsad aholini roʻyxatga olish jarayonlarida roʻyxatga oluvchi xodimlar uchun xonadonlarni toʻgʻri topib borishda qiyinchiliklar keltirib chiqamaslik. Bundan tashqari, xonadonlarni toʻliq raqamlanishi tez yordam, yongʻinga qarshi kurashish, ichki ishlar va shu kabi aholiga xizmat koʻrsatuvchi organlar faoliyati uchun ham muhim hisoblanadi.
Shuningdek, aholini roʻyxatga olishning birlamchi maʼlumotlar bazasi hajmining kattaligi sababli, uning natijalarini jadval koʻrinishida shakllantirishda STATA amaliy dasturiy paketidan foydalanilmoqda. Bugungi kunga qadar 100 dan ortiq chiquvchi jadvallar mazkur dastur yordamida tayyorlandi. Ushbu dastur asosan statistik tahlil qiluvchi dastur boʻlib, statistik koʻrsatkichlarni shakllantirishda qulay, tezkor va tahlillarni jadval, reyting va grafik koʻrinishda taqdim eta oladi.