Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning 1-oktabr holatiga respublikada otlarning umumiy bosh soni 271,8 ming boshga yetgan.
Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,9 %ni tashkil etgan.
Otlar umumiy bosh sonining eng yuqori ulushi Toshkent viloyati (20,4 %) hissasiga toʻgʻri keldi.
Shu bilan birga, Qashqadaryo (13,1 %) va Jizzax (11,3 %) viloyatlarida ham otlar bosh sonining yuqori koʻrsatkichlari kuzatilgan.