2023-yilning 22-iyun kuni Statistika agentligida aholini ro‘yxatga olishning zamonaviy usullari va afzalliklari boʻyicha taqdimot o‘tkazildi.
Unda Statistika agentligi Aholini roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi bo‘lim boshliqlari Nurali Shukurov va Kuatbay Saparov taqdimot qilishdi.
Taqdimotchilar shu yil 12-15-iyun kunlari Turkiyaning Anqara shahrida BMTning Statistika bo'limi, BMTning Yevropa Iqtisodiy qo‘mitasi, BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi, BMTning Osiyo va Tinch okeani instituti, Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti, Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ko‘tarilgan masala – aholini ro‘yxatga olishning an’anaviy usulidan aholi registrga asoslangan usulga o‘tishning afzalliklari bo‘yicha batafsil ma’lumot berishdi.
Shuningdek, aholini ro‘yxatga olishning an’anaviy usulidan aholi registrga asoslangan usulga o‘tishning afzalliklari, yurtimizdagi mavjud registr bazalari holati va undan foydalanish masalalarida fikr-mulozalar bildirildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.