Joriy yilning 21-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlantirish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv maslahatchi ofisida tashkil etildi.
Uchrashuv doirasida tomonlar oʻz faoliyatiga doir maʼlumotlar, erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar, shuningdek, muammoli masalalar boʻyicha fikr almashdilar.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi tomonidan maslahatchi janoblariga tizimda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijalari, Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasidagi oʻzgarishlar boʻyicha maʼlumot berib oʻtildi hamda oʻrta muddatli istiqbolga moʻljallangan faoliyatning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha oʻrtoqlashildi.
Tomonlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar va uchrashuv soʻnggida oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarda yaqindan hamkorlik qilish masalalarini kelishib oldilar.
Axborot xizmati