2023-yil 5-iyun kuni Statistika agentligi vakillari va Gruziya milliy statistika boshqarmasi (GEOSTAT) xodimlari oʻrtasida tajriba almashish, xususan, narxlar, qurilish, sanoat va xizmatlar statistikasini takomillashtirish maqsadida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida Statistika agentligi vakillari ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha GEOSTATning tarmoq statistikasini hisobga olish metodologiyasi, tanlanma kuzatuvlarni tashkil etish tartibi va amaliyoti bilan tanishdi.
Oʻz navbatida Statistika agentligi vakillari gruziyalik hamkasblariga Oʻzbekistonning tarmoq statistikasini yigʻish va hisobga olish amaliyotini namoyish etdilar.
Tadbirda tadbirkorlik, xizmatlar, sanoat, qurilish va energetika statistikasi, shuningdek, narxlar statistikasi sohalaridagi tarmoq boshqarmalari faoliyatiga oid masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar statistika idoralari oʻrtasida kelgisida ham oʻzaro tajriba almashish borasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida kelishib oldilar.
Matbuot xizmati