24/05/2023

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-mart oylarida respublika boʻyicha jami 526,6 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,9 % ni tashkil etdi.

Goʻsht yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Toshkent viloyati (13,6 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Samarqand (12,9 %), Buxoro (9,7 %), Qashqadaryo (8,4 %) va Andijon (8,4 %) viloyatlarida ham goʻsht yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech