So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 2023- yilning 1- aprel holatiga yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni hududlar kesimida, eng ko‘p Toshkent shahrida – 4126 ta yoki jami yangi tashkil etilganlarning 17,8 % ni tashkil qildi.

2023- yil yanvar-mart oylari yakuniga koʻra, barcha qatnov turlari boʻyicha jami temir yoʻl transportida tashilgan yoʻlovchilarning 14,0 % yoki 350,1 mingtasi “Afrosiyob” tezyurar poyezdida tashilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 147,4 ming dona bamperlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 5,9 % ga oshgan.

Joriy yilning 1-aprel holatiga ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 578 297 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,9 barobarga oshgan.

Qashqadaryo viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 33,5 % ini tashkil etdi. 

2023- yilning yanvar-mart oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 40 416,3 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,2 % ni tashkil qildi.

2023-yil yanvar-mart oylarida havo transportida 1 124,6 ming kishi joʻnatilib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 111,7 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1,7 ming dona mototsikllar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,0 martaga oshgan.

2023- yilning 1- aprel holatiga ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha o‘zaro taqqoslanganda, MCHJ lardan keyin ikkinchi o‘rinni - xususiy korxonalar egallagan.

2023- yilning 1- aрrel holatiga ko‘ra hududlar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning eng ko‘pi Qarshi shahrida 6161 tani yoki jamiga nisbatan 18,8 % ni tashkil etdi.

2023 yilning 1- aрrel holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 32688 tani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 431 taga ko‘paygan yoki 1,3 % ga oshgan.

2023-yil 1- aprel holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tahlil qilinganda eng ko’pi mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 

2023- yilning 25–27- aprel kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan milliy hisoblar bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Qashqadaryo viloyatida jami 1,7 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

2023- yilning 1- aprel holatiga koʻra, kichik tadbirkorlik subyektlari soni 417 216 birlikni tashkil etib, shundan aynan xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 266 305 birlikni yoki 80,5 % ni egallaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 293,3 ming dona qoʻrgʻoshinli akkumulyatorlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,6 martaga oshgan.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Qashqadaryo viloyatida 1,5 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi. Ulardan 150,8 mlrd. so‘m O’zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar, 1,0 trln. so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar, 365,8 mlrd. so‘m boshqa xorijiy investitsiyalarni tashkil etdi.

2023- yil 24–27- aprel kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti Statistika bo‘limi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Milliy statistika byurosi tomonidan BMTning 4-butunjahon ma’lumotlar forumi tashkil etildi.