So'nggi yangiliklar

2023- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar, jami faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlardaning 2,2 foiz ulushini tashkil etdi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasining  shahar joylarida 379 ta sport-taʼlim muassasalari faoliyat yuritmoqda.

2023- yilning 12–13- aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shahrida Rossiya statistika Assotsiatsiyasi hamda Iqtisodiyot oliy maktabi tomonidan “Hukumat qarorlari samaradorligini oshirish, iqtisodiyot uchun raqamli infratuzilmani yaratish, statistika fanlari va ta’limini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida MDH statistik hamjamiyatini rivojlantirish” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 1 630,6 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Ushbu xizmatlarning koʻrsatilgan bozor xizmatlari jami hajmidagi ulushi 2,6 foizni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 356,4 mlrd. so‘mga oshib, 2 633,6 mlrd. so‘mga yetdi.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 1 630,6 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Ushbu xizmatlarning koʻrsatilgan bozor xizmatlari jami hajmidagi ulushi 2,6 foizni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 266,0 tonna tozalangan soya yogʻi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 12,1-martaga oshgan.

O’zbekistonda 2023- yilning 1- aprel holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari 420 759 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 417 215 tani tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-fevral oylari yakuniga koʻra transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 47,1 % ni tashkil etdi. Transport xizmatlarida quvur yoʻli orqali koʻrsatilgan transport xizmatlarining hajmi 19,5 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 3,4 ming tonna muzlatilgan mevalar va yongʻoqlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,7-martaga oshgan.

Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha o‘zaro taqqoslanganda, MCHJ va xususiy korxonalardan keyin - uchinchi o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2023-yil 1-aprel holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 9,8 foiz ulushini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida kuzatilgan uy xo‘jaligi a’zolaridan jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ulushi 62,3 % ni tashkil etdi, shundan erkaklar - 67,3 %, ayollar - 57,3 % tashkil etmoqda.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 149,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 14-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

2022-yilning yanvar-fevral oylarida oliy taʼlim sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 1,2 trln. soʻmni yoki taʼlim sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 52,2 foizini tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 19 481,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 3,6 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 2,4 ming tonna tikuv iplari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 41,6 % ga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-mart oyida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 23 230 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan: