So'nggi yangiliklar

Ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2022- yil 1- mart holatiga ko‘ra 240 tani tashkil etib, ulardan 233 tasi yoki 97,1 % faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 15 taga yoki 6,7 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.

Tashkiliy huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 2022- yilning 1- mart holatiga ko‘ra 17 794 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 959 taga yoki 19,9 % ga oshganligini ko‘rish mumkin

2022- yil 1- mart holatiga ko‘ra, qurilish sohasida korxona va tashkilotlar soni 3 392 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,3 % ga oshdi.

2022- yil 1- mart holatiga ko‘ra, savdo sohasidagi korxona va tashkilotlar soni 10 240 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,3 % ga oshdi.

2022- yil 1- mart holatiga ko‘ra, sanoat korxonalari va tashkilotlari soni 4 795 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,3 % ga oshdi.

Joriy yilning 11-mart kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi tomonidan Qarshi shahar 1- sonli oilaviy poleklinikasida  Aholini ro‘yxatga olish - kelajakka yangi qadam mavzusida seminar tashkil etildi.

2022- yilning 1- mart holatiga respublikamizda jami 44 217 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Qashqadaryo viloyatida 2021- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 14 700,8 milliard so‘mni yoki 2020- yilning yanvar-dekabriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,7  % ni tashkil qildi.  

Yurtimizda aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Qarshi tumanida 2022- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 42 tani tashkil etgan. 

Viloyatimizda 2022- yilning fevral oyida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2017- yilning mos davri bilan solishtirilganda 178,6 foizga oshgan bo‘lib, yillar kesimida quyidagicha qayd etilgan:

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning fevral oyida, viloyatimizda savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

Milliy iqtisodiyotda yangi tashkil etilgan qurilish korxonalari sonining o‘sish sur’ati 2017- yilga nisbatan 87,3 foizni tashkil etdi. Fevral oyida qurilish sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni yillar kesimida qaralganda:

2022- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 781 tani tashkil etgan. Joriy yilning yanvar- fevral oylarida ushbu sohada 22 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 110,0 foizga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.

“International Open Data Day” doirasida davlat statistika qo'mitasi xodimlari, tegishli vazirlik va idoralar xodimlari, YeXHTning O'zbekistondagi koordinatori hamda elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari va ekspertlar ishtirokida aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish, shuningdek, mamlakatimizda ochiq ma'lumotlarni ommalashtirishga bag'ishlangan "Open Data Day Tashkent 2022" mavzusida tadbirlar tashkil etildi.

Joriy yilning 9–10- mart kunlari Davlat statistika qo‘mitasida minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibi hamda kambag‘allik darajasini amaliyotga joriy etish masalasi yuzasidan seminar tashkil etildi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida markazlashgan moliyalashtirish manbalaridan Respublika budjeti 1082,8 mlrd.so‘mni yoki jami investitsiyalarning 6,7 % ini tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 36,1 % ga o‘sdi.