So'nggi yangiliklar

 2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublikamizda savdo sohasida 17 669 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 68,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2022-yil yakunlariga koʻra, Respublika boʻyicha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 4 472,5 ming gektarni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 20,0 % ni, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 92,1 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 2 840,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 2,5 % bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 126,5 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Qashqadaryo viloyatining qo‘shgan hissasi 5,5 % ga yetdi.

2023- yilning yanvar-iyunida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot YAHM hajmi joriy narxlarda 25 911,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 24,3 ming dona muzlatgichlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 martaga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etilgan qurilish sohasidagi korxonalar soni 2 526 ta bo‘lib, so‘nggi besh yilning mos davrlarida ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni quyidagicha:

2023-yilning 1-iyul holatiga koʻra, respublika boʻyicha jami doimiy yashovchi aholi soni 36 372,3 ming kishini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga koʻpaygan.

2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda qorakoʻl zotli qoʻylarning umumiy bosh soni 5 987,4 ming boshni tashkil etdi.

Tayyorgarlik jarayonidagi eng muhim masala, aholini ro‘yxatga olishda faol ishtirok etish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish, reklama roliklari, logotip va shiorlar ishlab chiqish hamda boshqa shu kabi tadbirlar amalga oshiriladi. Yana bir muhim vazifalardan biri bu – shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejalarini va ma'muriy tumanlar xaritalarini tayyorlash hamda aholi punktlaridagi uylarning ro‘yxatini tuzish hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 51,7 % ini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6,6 ming tonna gulqogʻozlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,7 martaga oshgan.

Joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmat ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning soni 41 949 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 6,3 foizini tashkil etdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda echkilarning umumiy bosh soni 3 664,5 ming boshni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 8913,6 mlrd. so‘mga yetdi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2925,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.