So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 5 731,4 ming tonna koʻmir qazib olingan.

2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda qorakoʻl zotli qoʻylarning umumiy bosh soni 5 987,4 ming boshni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 5 400,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yil yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida asosiy kapitalga jami 226,6 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Joriy yilning 1-dekabr holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida roʻyxatdan oʻtgan korxona va tashkilotlarning soni 43 370 tani tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar- sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 1483,9 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida sugʻurta xizmatlari hajmi 5,9 trln. soʻmni tashkil etgan.

 Respublikamizda 2023-yilning yanvar-noyabr oylari qurilish sohasida jami 4 575 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.

2023-yil yanvar-sentabr oylari Qashqadaryo viloyatida jami 12,6 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlari hajmi 2 045,3 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida ijara xizmatlarining hajmi 5 954,6 mlrd. soʻmni yoki umumiy koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 1,6 % ni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 721,1 tonna shokolad plitkalar ishlab chiqarilgan.

2019- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan 2023- yilning mos davrida moliyaviy xizmatlar hajmi 2072,4 mlrd. so‘mga oshib, 3 174,7 mlrd. so‘mga yetdi.

Yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 1089,7 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 21,9 % ni tashkil etdi.

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 375,2 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi.

2023- yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 15,2 % ni, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 89,1 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 3 790,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 2,8 % bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 146,5 % ni tashkil etdi va ishlab chiqarish hajmi 686,9 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 23,6 % ni tashkil etdi yoki 1901,6 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.