So'nggi yangiliklar

2023- yil yanvar-noyabr oylarida Qashqadaryo viloyati 62 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi.

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida import hajmi 264137,5 ming AQSH dollarini va 2022- yilning mos davriga nisbatan 115,7 % ni tashkil etdi.

2019- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 2023- yilning ushbu oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning hajmi 323,2 mlrd. so‘mga oshib, 567,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yil yanvar-noyabr oylarida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 250,9 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 1,4 % ini tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida MDH mamlakatlariga 107054,1 ming AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinib, jami eksportning 28,0 % ini tashkil etdi.

Qashqadaryo viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 135334,7 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

2023- yil yanvar-noyabr oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 802,6 mlrd. so‘mga yetdi.

2023- yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, avtotransport vositalari, treyler va yarim tirkamalar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,03 % ni, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 43,6 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 8,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlari hajmi 3 196,6 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida tashish va saqlash, axborot va aloqa sohasida 2 144,4 mlrd.so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,9 % ga yuqoridir.

2023- yil yanvar-noyabr oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 24,5 % ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2022- yilning mos davriga nisbatan 3,1 % ga ko‘paygan.

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 863,7 mlrd. so‘mdan iborat bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 122,4 % ni tashkil etdi.

2019- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 2023- yilning yanvar-noyabr oylarida savdo xizmatlari hajmi 2 668,9 mlrd. so‘mga oshib, 5 372,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,4 % ni, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 108,1 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 100,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,3 % ni, fizik hajm indeksi 103,4 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 82,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida, Qashqadaryo viloyatida jami 8,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Respublikamizda 2023-yilning 1-dekabr holatiga koʻra, jami 46 185 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 50,5 ming tonna kungaboqar yogʻi ishlab chiqarilgan.