So'nggi yangiliklar

 Yurtimizda 2025-yil 1-mart holatiga savdo sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 237 776 ta bo‘lib, 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 barobarga oshgan.

Joriy yilning 18-mart kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S. Kaxxorov Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘lim mutaxassislari Qarshi shahriga qarashli “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi soni hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

2024- yil yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 32,7 %, sanoat – 17,7 %, qurilish – 8,0 % va xizmatlar sohasi – 41,6 % ni tashkil etdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yil 1- yanvar holatiga respublikamizda aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi har bir aholiga umumiy yashash maydonidan o‘rtacha 18,9 kvadrat metrni tashkil etgan.

2025- yilning yanvar oyida Qashqadaryo viloyatida metallurgiya sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,02 % bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 85,5 % ni tashkil etdi va ishlab chiqarish hajmi 0,5 mlrd. so‘mga yetdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning 1- mart holatiga yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 27 166 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Viloyatimizda 2025-yilning 1-mart holatiga 23 135 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz).

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilda transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi eng yuqori bo‘lib, 1,4 mlrd tonna yuk tashilgan.

Viloyatimizda 2025- yilning 1-mart holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida 2 643 ta tadbirkorlik subyektlari  ro‘yxatdan o‘tgan.

Joriy yilning 1- mart holatiga koʻra, 43 217 ta kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

2024- yilning yanvar- dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 16168,2 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning mos davriga nisbatan 102,9 % ni tashkil etdi.

2025- yilning yanvar oyida, moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmida Qarshi shahrining ulushi 58,8 foizni yoki 233,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2025- yilning yanvar oyida, Qashqadaryo viloyatida jami 815,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2024- yilning yanvar oyiga nisbatan 124,7 % ni tashkil etdi.