So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-avgust oylarida 12 ta davlatga qiymati 24,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 30,1 ming tonna olxoʻri eksport qilgan.

Joriy yilning 27- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari uchun statistika faoliyatini tashkil etish, profilaktika ishlari hamda xalqaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikadagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida mavjud sigirlar soni 4 407,2 ming boshni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Qashqadaryo viloyatida kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 3,1 % tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 4 371,8 ming tonna koʻmir qazib olingan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami 25,8 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga borgan.

2023- yilning dastlabki yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘i yashirin iqtisodiyotida 8 053,4 mlrd so‘m yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.

2024- yilning 1- sentabr holatiga, reklama faoliyati va bozor konyunkturasini o‘rganish sohasida 1 612  ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024-yilning yanvar-avgust oylarida Viloyatda norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 17,6 % ni tashkil etib, 1158,8 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida 23 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2023- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari  hajmi 82 591,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024- yil 1- sentabr holatiga ko‘ra, 70 576 ta oilaviy korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Qashqadaryo viloyatida ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,7 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 124,0 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Qashqadaryo viloyatining import hajmi 476398,2 ming AQSH dollarini va 2023- yilning mos davriga nisbatan 3,4 martaga ko‘paydi.

Joriy yilning 25- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid oʻquv amaliy seminari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 3 962,7 tonna oʻrik sharbati ishlab chiqarilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikadagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan jami 1 138,3 ming tonna (tirik vaznda) goʻsht yetishtirilgan.