30/11/2022

2022- yilning 29- noyabr – 1- dekabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida BMTning Taʼlim, fan va madaniyat ishlari bo‘yicha tashkiloti – YUNESCO tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadlarining 4-maqsadi bo‘yicha dalillarga asoslangan siyosatini ishlab chiqish, rejalashtirish va monitoring qilish uchun taʼlim maʼlumotlari va statistikasi salohiyatini kuchaytirish” mavzusida Markaziy Osiyo submintaqaviy seminar-trening o‘tkazilishi belgilangan.

1-img_1465

Mazkur seminarda Tojikiston, Qozog‘iston, Qirgʻiz Respublikasi va O‘zbekiston statistika idoralari, ta’lim hamda moliya vazirliklari vakillari ishtirok etmoqda.

2-img_1442

Mazkur tadbirda Davlat statistika qo‘mitasidan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Qambarov Jahongir Hoshimjonovich ham  ishtirok etmoqda.

3-img_1464

Seminarning asosiy maqsadi – ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, Barqaror rivojlanishning 4-maqsadining amalga oshirilishi, monitoring va milliy oraliq baholash uchun ta’lim ma’lumotlari hamda statistikasi bo‘yicha mintaqaviy a’zo davlatlar salohiyatini oshirishdan iborat.

4-img_1455

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech