2022- yilning 21–25- noyabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ), Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston uchun mintaqaviy salohiyatni rivojlantirish markazi tomonidan “Davlat moliyasi statistikasi va davlat sektori qarzi statistikasi” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirgʻiz, Mo‘g‘uliston, Tojikiston va O‘zbekistondan turli vazirlik, bank va statistika idoralari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Joriy hisoblar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Farhod G‘aniyev ham ishtirok etdi.
Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, davlat moliya statistikasi va davlat sektori qarzi statistikasi boʻyicha ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mazkur ko‘rsatkichlarni shakllantirishda kerak bo‘ladigan ma’lumotlar manbalarini takomillashtirish usullarini o‘rganishdan iborat.
Matbuot xizmati