2022- yilning yanvar-sentabr oylarida moliya (29,6 %), aloqa va axborotlashtirish (24,1 %), yashash va ovqatlanish (15,3 %) xizmatlari hajmida yuqori o‘sish qayd etildi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining nisbatan pastroq o‘sish shaxsiy xizmatlarda qayd etildi (7,1 %).
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari:
Moliyaviy xizmatlar – 129,6 %;
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 124,1 %;
Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 115,3 %;
Boshqa xizmatlar – 113,7 %;
Ta’lim sohasidagi xizmatlar – 112,1 %;
Transport xizmatlari – 111,9 %;
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 110,7 %;
Ijara xizmatlari – 110,2 %;
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar –109,9 %;
Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 108,8 %;
Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar – 108,4 %;
Savdo xizmatlari – 108,2 %;
Shaxsiy xizmatlar – 107,1 %.